Dizayn va artvork
Yorliq bilan ishlash vizual ekspertiza va poligrafiya ishlab chiqarishni chuqur tushunishni talab qiladi. Hatto sifatli ishlab chiqilgan maket ham materialning, bosma va pardozlash texnologiyasining hamda yorliqni keyinchalik mahsulotga yopishtirishning xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
Nishon Group Product dizayn va ishlab chiqarish ekspertizasini bitta jarayonda birlashtiradi. Bu maketlarni tiraj boshlanishidan oldinoq haqiqiy texnologik talablar va uskuna imkoniyatlarini hisobga olib ishlab chiqish va tayyorlash imkonini beradi.


Yorliq va qadoq dizaynini professional ishlab chiqish
Dizayn
Yorliq dizayni — brendning iste'molchi bilan vizual muloqotining to'laqonli vositasi. U nafaqat e'tiborni jalb qilishi, balki mahsulotni to'g'ri taqdim etishi, ma'lumotni qulay qabul qilishni ta'minlashi va materialga ko'chirilgandan keyin ham samaradorligini saqlashi kerak.
Ishlab chiqishda brend pozitsiyasi, mahsulot xususiyatlari, toifa o'ziga xosligi va majburiy ma'lumotni joylashtirish talablari hisobga olinadi. Vizual kontseptsiya yorliqning bo'lajak formati, materiali va tanlangan ishlab chiqarish texnologiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Xizmatga nimalar kiradi
- Dizaynni noldan ishlab chiqish
- Mavjud yorliqni qayta dizayn qilish
- Mahsulot qatorlari dizaynini yaratish va firma uslubini turli yorliq mahsulotlariga moslashtirish

Professional bosmaoldi tayyorgarlik va maketlarni moslashtirish
Artvork
Artvork — yorliqni ishlab chiqarishga tayyorlashning asosiy bosqichlaridan biri. Bu bosqichda tasdiqlangan dizayn muayyan ishlab chiqarish jarayoni parametrlariga to'liq mos keladigan texnik jihatdan to'g'ri faylga aylantiriladi.
Mutaxassislar maketni texnik jihatdan tekshiradi, ranglarni ajratish, o'lchamlar va chetdan chiqish (vilet) maydonlari, shriftlar, tasvirlar, kesish konturlari va boshqa parametrlar bilan ishlaydi. Maxsus elementlar — tisnenie, kongrev, tanlab lak surtish, fasonli kesish, o'zgaruvchan ma'lumotlar va markirovka kodlari talablari alohida hisobga olinadi.
Xizmatga nimalar kiradi
- Mijozlar maketlarini tekshirish va texnik qayta ishlash
- Fayllarni bosmaga tayyorlash
- Ishlab chiqarish parametrlariga moslashtirish
- Turli SKU va formatlar uchun versiyalar yaratish
- Bosmadan keyingi ishlov uchun maxsus qatlam va elementlarni tayyorlash
Jarayon
Maket ustida ish
qanday o'tadi
- 01
Brif
Mahsulot, pozitsiyalash, toifa, majburiy ma'lumot va qadoqqa talablar.
- 02
Kontseptsiya
Yorliq formati, material va ishlab chiqarish texnologiyalarini hisobga olgan vizual g'oya.
- 03
Qayta ishlash
O'zgartirishlar kiritamiz, dizaynni mahsulotlar qatori va turli SKU larga moslashtiramiz.
- 04
Artvork
Ranglarni ajratish, chetdan chiqish maydonlari, kesish konturlari, lak, folga va kongrev uchun qatlamlar.
- 05
Rang namunasi
Rangni kelishish va tirajni kutilmagan holatlarsiz ishga tushirish.
